Statistika agentligi dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekistonda 233,8 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.
Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 8,8 % ga oshgan.
2025-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlar soni 27 408 tani tashkil etgan.
Qurilish ishlari hajmi tarkibida:
- kichik korxona va mikrofirmalar – 46,2 %
- yirik qurilish tashkilotlari – 23,5 %
- norasmiy sektor – 30,3 %.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin O'zbekistondagi qurilish korxonalarining soliq qarzdorligi 1 trln so'mdan oshgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22120 | Инструменты