Huawei 1
O‘zbekistonda bir yilda 8,8 mlrd dona tuxum yetishtirilgan

Statistika agentligi dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, 2024 yilda respublikadagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 8 805,4 mln dona tuxum yetishtirilgan.

Xo‘jalik toifalari bo‘yicha yetishtirilgan tuxum hajmi quyidagicha:

– Fermer xo‘jaliklarida - 1 377,9  mln dona;

– Dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida - 5 018,3 mln dona;

– Qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda - 2 409,2 mln donani tashkil etgan.

Avvalroq O‘zbekiston 2024-yilda qiymati salkam 25 mln dollarlik 11 ming tonna tuxum eksport qilgani haqida xabar qilingandi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22109 | Инструменты