Huawei 1
O‘zbekiston joriy yilda qiymati salkam 25 mln dollarlik 11 ming tonna tuxum eksport qildi

2024-yilning o‘tgan davri mobaynida jami 24,6 mln AQSH dollari qiymatidagi salkam 11 ming tonna tuxumni eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilda eksport qilingan tuxum hajmi 2023-yilning shu davriga nisbatan 3 barobarga yoki 8,2 ming tonnaga oshgan.  Tuxum eksporti ortidan valyuta tushumlari esa 2023-yilga nisbatan 15,8 mln AQSH dollariga ko‘paygan. 

Tuxumning 35 foizi Afg‘onistonga va 21 foizi Tojikistonga eksport qilingan. 2024-yilda tuxum eksporti Ozarbayjonga 24 barobarga ortgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22204 | Инструменты