Huawei 1
O‘zbekistonda birinchi raqamli podstansiya uchun 220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ini qurish bo‘yicha shartnoma imzolandi

Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi va Jizzax viloyatida yangi qurilayotgan raqamli “Zafarobod” podstansiyasini bog‘lovchi 220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ini qurish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar qildi.

Ma'lumki, Prezidentning 2021-yil 30-dekabrdagi qaroriga asosan Energetika vazirligi tizimidagi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “2x144 km uzunlikdagi “Sirdaryo” IESdan “Zafarobod” podstansiyasigacha 220 kVli elektr uzatish tarmog‘ini qurish” investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.

Mazkur investisiya loyihasini tayyor holda topshirish sharti asosida Bosh pudratchini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan halqaro tender savdolari natijalariga ko‘ra, g‘olib deb topilgan kompaniya “Sinohydro Corporation Limited” (Xitoy XR) hamda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ o‘rtasida shartnoma imzolandi.

Unga muvofiq, mazkur elektr uzatish tarmog‘i 2023-yilda qurib bitkazilib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Jizzax viloyatida O‘zbekistonda birinchi yuqori kuchlanishli raqamli podstansiya qurilmoqda. Ushbu podstansiya 2023-yilda foydalanishga topshiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112318 | Инструменты