Huawei 1
18-noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

O‘zbekiston davlat qarzi kelasi yilda 45 mlrd dollardan oshishi kutilmoqda

2025-yilga kelib, davlat qarzi 45,1 milliard dollarni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 36,7 foizni tashkil qilishi prognoz qilinmoqda.

Birjada 3 251,0 mlrd so‘mlik tovarlar sotildi, bug'doy, shakar va shrot narxi pasaydi

UZEX'ning barcha savdo platformalarida 3 251,0 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 12,0% ga ko‘pdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 79,1% birja savdolariga, qolgan 20,9% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

O‘zbekistonda bo‘lishi nomaqbul deb topilgan chet ellik shaxslarga oid qonun kuchga kirdi

Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsni ushbu ro‘yxatga kiritish Oliy Majlis Qonunchilik palatasi kengashining, Senat kengashining, maxsus vakolatli davlat organlarining taqdimnomasiga asosan amalga oshiriladi. Ro‘yxat Tashqi ishlar vazirligi tomonidan yuritiladi.

Toshkentdagi Askiya dehqon bozori qayta quriladi

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi Askiya dehqon bozori qayta quriladi.

Qonunchilik palatasida siyosiy partiyalar fraksiyalari ro‘yxatga olindi

Majlis kotibiyatiga tegishli tartibda tuzilgan Qonunchilik palatasidagi 5 ta siyosiy partiya fraksiyasining rahbarlari tomonidan fraksiyalar tuzilganligi to‘g‘risida taʼsis bayonnomalari topshirilib, ularni ro‘yxatga olish haqida murojaat etildi.

Prezident parlamentda muxolifatni jonlantirish zarurligini aytdi

Buning uchun parlamentdagi muxolifatga kafolatlangan huquqlari sonini 3 tadan 6 taga oshirish, 1 nafar qo‘mita raisi va 2 nafar qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimlarini kafolatli egallash, har chorakda “Hukumat soati” va parlament so‘rovi doirasida kamida bittadan masala kiritish kabi qo‘shimcha huquqlar berishni taklif qildi.

“Toshkent — Buxoro — Toshkent” yo‘nalishida yangi poyezd qo‘yiladi

Poyezd harakat vaqti 6 soatdan iborat bo‘lib, 592 kilometr masofani bosib o‘tadi. Yangi dizel poyezdi sinovi yakunlangach, yaqin kunlarda yo‘lovchilarga foydalanish uchun topshiriladi.

Apellyatsiya instansiyasi ham Botir Qodirovni Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li deb topdi

Botir Qodirov va Jo‘rayevlar ishi apellyatsiya sudida ko‘rib chiqildi.

Piskent avtopoligonida elektron navbat joriy etildi

Xizmatdan Yagona portal orqali bepul foydalanish mumkin hamda buning uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi.

Qarindoshlar bir ishxonada ishlashi mumkin bo‘lgan xodimlar ro‘yxati tasdiqlandi

Endilikda ayrim davlat tashkilotlarining xodimlari qarindoshlari bilan birga ishlashi mumkin.

Nuriddin Ismoilov Qonunchilik palatasi Spikeri etib saylandi

Toshkent shahrida yangi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining birinchi tashkiliy majlisi o‘z ishini davom ettirmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111823 | Инструменты