Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning 1 oktyabr holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 599 764 kishini tashkil etgan.
Respublikaning doimiy aholisi soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 % ga oshgan.
Mamlakat aholisi 2023 yil boshidan buyon 574,8 ming kishiga ko‘paygan.
O‘zbekiston aholisi 2023 yilning har bir oyida o‘rtacha 63,9 ming kishiga oshgan.
2023 yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 2,1 ming kishiga ko‘paymoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112608 | Инструменты