13 iyun kuni 10 777 ZZZ raqam belgisi auksionda 1 mlrd 638 mln so‘mga sotildi. Mazkur raqam savdosi avtoraqam.uzex.uz portalida onlayn o‘tkazilgan.
Raqam avtoraqamlar onlayn auksionida joriy yilning 5 iyun kuni savdoga qo‘yilgan. Uning boshlang‘ich narxi 187 mln 500 ming so‘m bo‘lgan.
Raqamni 1 mlrd 638 mln so‘mga Toshkent viloyatida yashovchi fuqaro sotib olgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 80503 | Инструменты