Huawei 1
O‘zbekistonda har 100 ming aholiga 68 nafar mahkum to‘g‘ri kelmoqda

31 oktabr kuni Toshkent shahrida “Gender sezgir jazoni ijro etish muassasalari boshqaruvi strategiyalari: ilg‘or tajriba va asosiy muammolar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda so‘zga chiqqan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi direktori Akmal Saidov O‘zbekistonda mahkumlar va jazoni ijro etish bilan bog‘liq ayrim raqamlarni ochiqladi.

“Bugungi kunda mamlakatimizdagi jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar soni har 100 ming aholiga hisoblaganda 68 nafarni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar orasida eng past darajada bo‘lib, inson huquqlari va qonun ustuvorligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan islohotlar natijasidir”, — degan Akmal Saidov.

Shuningdek, zamon talablariga javob bermaydigan 4 ta koloniya, jumladan, aholi orasida salbiy nom topgan “Toshturma” va “Jasliq” koloniyalari tugatilgani, ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar qo‘llanilgan shaxslarni sog‘lom ijtimoiy hayotga yo‘naltirish maqsadida 2019 yildan probatsiya faoliyati yo‘lga qo‘yilgani qayd etilgan.

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori Burxonxo‘ja Akromovning ma’lum qilishicha, tergov hibsxonalari va yopiq turdagi koloniyalarda advokatlar uchun alohida 69 ta xona tashkil etilgan. Ombudsman va Biznes-ombudsman bunday muassasalarga hech qanday to‘siqsiz kirish imkoniyatiga ega.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110300 | Инструменты