Huawei 2
O‘zbekistonda hindistonliklik talabalar eng ko‘p ekani maʼlum bo‘ldi

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-aprel oylarida 6,4 ming nafar chet el fuqarolari o‘qish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,4 ming nafarga yoki 59,8 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston Respublikasiga o‘qish maqsadida kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:

Hindiston — 2 090 nafar;

Turkmaniston — 1 627 nafar;

Tojikiston — 758 nafar;

Qirg‘iz Respublikasi — 317 nafar;

Janubiy Koreya — 249 nafar;

Xitoy — 242 nafar;

Pokiston — 237 nafar;

Afg‘oniston — 132 nafar;

AQSH — 118 nafar;

Qozog‘iston — 102 nafar;

Boshqa davlatlar — 535nafar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga