Huawei 1
Oʻzbekistonda ilk bor nogironligi mavjud boʻlgan yoshlar oʻrtasida “Imkoniyatlar olimpiadasi” kasblar bellashuvi boʻlib oʻtadi

Oʻzbekistonda ilk bor nogironligi mavjud boʻlgan yoshlar oʻrtasida “Imkoniyatlar olimpiadasi” kasblar bellashuvi boʻlib oʻtadi. Bu haqda Ijtimoiyhimoya milliy agentligi xabar qildi. 

"Imkoniyatlar olimpiadasi"ni tashkil etishdan maqsad — nogironligi boʻlgan shaxslarni oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarishini qoʻllab-quvvatlash, kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish, ijtimoiylashtirish, oʻziga boʻlgan ishonchini oshirish va mehnat bozorida ularning oʻrnini mustahkamlashdan iborat.

Joriy yilda “Imkoniyatlar olimpiadasi” ishtirokchilari 10 ta kasblar boʻyicha oʻzaro bellashadilar, bular:

•  fotografiya;
•  AKT (axborot kommunikatsiya texnologiyalari);
•  mobilografiya;
•  rassomchilik;
•  kashtachilik;
•  kulolchilik;
•  qandolatchilik;
•  tornachilik;
•  duradgorlik;
•  quruq qurilish ishlari.

Tanlovda 389 nafar nogironligi boʻlgan shaxs ishtirok etish istagida maxsus platformada roʻyxatdan oʻtgan.

“Imkoniyatlar olimpiadasi” 2025-yil 21-apreldan 1-mayga qadar Toshkent shahrida oʻtkaziladi. Yakuniy bosqichi va taqdirlash marosimi 1-2-may kunlari “OʻZEKSPOMARKAZ”da oʻtkaziladigan “Inson uchun” respublika yarmarkasi doirasida boʻlib oʻtadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42105 | Инструменты