O‘zbekistonda ish haqini himoya qilish to‘g‘risidagi konvensiya ratifikatsiya qilindi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-918-son, 12.03.2024 y.) bilan Xalqaro mehnat tashkilotining Konvensiyasi ratifikatsiya qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanali xabar berdi.

Unga ko‘ra, Xalqaro mehnat tashkilotining Ish haqini himoya qilish to‘g‘risidagi 95-sonli Konvensiyasi (Jeneva, 1949-yil, 1-iyul) ratifikatsiya qilindi.

Konvensiya ish beruvchilar tomonidan pul shaklida ish haqi o‘z vaqtida to‘lanishini taʼminlashga qaratilgan. Konvensiya qoidalari ish haqi to‘lanadigan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan barcha shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi. Konvensiya iqtisodiy faoliyatning barcha sohalari va ishchilar toifalariga tatbiq etiladi.

Konvensiyada ish haqini qarz majburiyatlari, tilxat, kupon yoki boshqa shaklda, shuningdek, tarkibida alkogol miqdori yuqori bo‘lgan spirtli ichimliklar, organizm uchun zararli giyohvand moddalar ko‘rinishida to‘lash taqiqlangan. Ushbu konvensiya jahonning 99 ta davlati tomonidan ratifikatsiya qilingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51520 | Инструменты