Huawei 1
O‘zbekistonda kasblarni xalqaro sertifikatlashtirish tizimi joriy etiladi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev Turkiya Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Malakalarni rivojlantirish tashkiloti rahbari Mustafa Nejmi Ilhan bilan O‘zbekiston - Turkiya malakalarni baholash markazini tashkil qilish bo‘yicha muloqot o‘tkazdi.

Vazirlik taklifiga ko‘ra mehmonlar 4 kun davomida Toshkent shahri, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlaridagi “Ishga marhamat” monomarkazi hamda Kasb-hunarga o‘qitish markazlari faoliyatini o‘rgandi. 

O‘rganishlardan kelib chiqib Turkiyaning ilg‘or tajribasi asosida O‘zbekistonda malakalarni baholash va kasb-hunarlarni sertifikatlash tizimni joriy etish bo‘yicha qilinishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan taqdimot o‘tkazdi.

Malakani baholash nima beradi?

Qo‘lida kasb-hunari bor hamyurtlarimiz shu yerning o‘zida Yevropa davlatlarida tan olingan xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritadi.

Xorijga tayyor mutaxassis sifatida ishga boradi.

Bugungi kunda Turkiyada 270 ta kasbiy malakani baholash markazi faoliyat yuritmoqda, 911 ta malaka standarti joriy qilingan, 200 dan ortiq kasblar majburiy sertifikatlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92213 | Инструменты