Huawei 1
Andijonda o‘quvchilar parta tashigani uchun maktab direktori jazolandi

Andijon shahridagi 37-umumta’lim maktabi o‘quvchilarini majburiy mehnatga jalb qilgan chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik rahbari va bunga beparvo yondashgan direktor jazolandi. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Andijon shahar “Islomobod” MFYda joylashgan 37-umumta’lim maktabi 1963 yilda qurilgan. 960 nafar o‘quvchi o‘ringa ega ushbu maktabda hozirda 1 ming 728 nafar o‘quvchiga 102 nafar o‘qituvchi tomonidan ta’lim-tarbiya berilib kelinmoqda.

Mazkur ta’lim muassasasi “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida 2024 yil 1-mavsumida 1 milliard 360 million so‘m mablag‘ yutib olib, hozirda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 14 sentyabr kuni soat 13:00 lar chamasida maktabning CHQBT rahbari H.H texnologiya va harbiy vatanparvarlikka tayyorgarlik ko‘rish sinf xonalaridan yaroqsiz jihozlarni olib chiqish uchun darsdan bo‘shagan bir guruh 7-sinf o‘quvchilarni parta tashishga yollagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92214 | Инструменты