Huawei 1
Entoni Joshua ayovsiz jangda ringga quladi

Prof boksning superog‘ir vaznida 26 yoshli Daniyel Dyubua sobiq chempion Entoni Joshuani nokautga uchradi.

Uemblidagi boks kechasining markaziy jangi 5 raund davom etdi. Joshuaning faoliyatidagi eng katta kamchiligi - zarba ko‘tara olmasligi bu safar ham pand berdi.

Dyubua barcha raundlarda ustunlikka erishib, uch marta raqibini nokdaunga tushirdi. To‘rtinchi raundda esa nokaut qayd etildi. Shu tariqa Dyubua IBF kamarini qo‘lga kiritdi.

CompuBox taqdim etgan statistikaga ko‘ra, Dyubua barcha jabhalarda vatandoshidan ustunlikka erishgan. U uch marotaba Joshuani nokdaun holatiga tushirib qo‘ydi. 26 yoshli Daniel Dyubua professional boksdagi debyutini 2017 yilda o‘tkazgandi. 2022-yilning iyun oyida amerikalik Trevor Brayanni nokautga uchratib, WBA Regular kamarini qo‘lga kiritgan. Shu yil iyunda esa u xorvatiyalik Filip Xrgovichga ilk mag‘lubiyatni taqdim etib, vaqtinchalik IBF chempioniga aylangandi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92215 | Инструменты