Huawei 1
Germaniyada chumolilar aloqa uzilishini keltirib chiqarmoqda

Germaniya janubida yashovchilar O‘rtayer dengizi chumolilari bosqinidan aziyat chekishmoqda. Chunki hasharotlar hatto simlarni ham kemirib tashlamoqda.

Maʼlumotlarga ko‘ra, nemislarga Tapinoma magnum deb nomlanuvchi chumolilar hujum qilmoqda. 2-3 mm kattalikdagi chumolilar Germaniya janubiga Shveysariya orqali O‘rtayer dengizi mamlakatlaridan o‘tib kelgan.

Ular birinchi bo‘lib chegara bo‘yidagi Lyorrax shahriga kirib kelgan, keyin Kel, Geydelberg, Karlsrue, endi esa navbat Shtutgartga o‘tgan. Hasharotlar elektr va internet simlarini kemirib, elektr taʼminotida va aloqada uzilishlarni keltirib chiqarmoqda.

Ekspertlarga ko‘ra, bu chumolilar kasalliklar tashuvchisi hisoblanmaydi. Biroq ayrim kishilarda qisqa muddatli allergiya va ruhiy stressga sabab bo‘lishi mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92213 | Инструменты