Huawei 1
Bugun shaxmat Olimpiadasining so‘nggi turida O‘zbekiston Fransiya va Turkiyaga qarshi bahs olib boradi

Bugun Vengriya poytaxti Budapesht shahri mezbonlik qilayotgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasi o'z yakuniga etadi.

Afsuski, amaldagi Olimpiada chempioni bo'lib kelgan O'zbekiston erkaklar terma jamoasi bu vakolatni kecha Hindistonga topshirdi. Biz qo'pol xatolar evaziga Xitoyga alamli tarzda 1,5:2,5 hisobida yutqazdik. Hindiston esa bundan foydalangan holda AQSHni mag'lubiyatga uchratdi va ochkolarini 19 taga etkazib oldi. Bu bilan ular muddatidan avval Butunjahon shaxmat Olimpiadasi chempioniga aylanishdi. Hozircha Hindistondan ochko tortib olgan yagona jamoa aynan biz bo'lib turibmiz.  

So'nggi tur oldidan O'zbekistonda bronza medali uchun nazariy imkoniyat bor, ammo juda ham kam. Bugun yigitlar Franciya terma jamoasiga qarshi bahs olib borishadi. Francuzlar ham biz singari 15 ochkoga egalar. To'rtinchi o'rindagi AQSH hisobida ham 15 ochko bor. O'zbekiston qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 5-pog'onadan joy olgan. Xitoy 17 ochko bilan ikkinchi o'ringa ko'tarilib olgan bo'lsa, Sloveniya 16 ochko bilan kuchli uchlikka yakun yasagan.

O'zbekiston ayollar terma jamoasi kecha Angliyani 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratib, 14 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 18-o'ringa ko'tarilib oldi. O'ninchi o'rinni egallab turgan Xitoyda ham 14 ochko bor. Qizlarimiz 6 g'alaba, 2 ta durang va 2 mag'lubiyat qayd etishgan. Bu O'zbekiston ayollar terma jamoasining Butunjahon shaxmat Olimpiadalari tarixidagi eng yaxshi natijasi bo'ldi. Bugun qizlarimiz o'zlari singari 14 ochkoga ega Turkiya terma jamoasiga qarshi bahs olib borishadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92212 | Инструменты