Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari Milliy tiklanish DP MK raisi Alisher Qodirov Donald Trampning maktablarda LGBT targ‘ibotini moliyalashtirishni to‘xtatish haqidagi so‘zlariga izoh berdi va qonun loyihasini O‘zbekistonda ishlab chiqish haqida gapirdi.
Donald Tramp federal jamg‘armalar endi bolalarni maktablarda nomaqbul munosabatlar va "transgender telbalik"ka o‘rgatish uchun sarflamasligini aytdi. Bunga javoban Alisher Qodirov quyidagicha izoh berdi.
"Muammoning tubidagi o‘zgarishlar - bu juda yaxshi. O‘zbekistonda biz bu sohadagi har qanday targ‘ibotni taqiqlovchi qonun qabul qilish ustida ish olib bormoqdamiz," - dedi Qodirov.
Bu masala ishlab chiqish bosqichida ekanligini hamda tez orada qonunchilikda mustahkamlanishi mumkinligini qo‘shimcha qildi Alisher Qodirov.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122220 | Инструменты