Huawei 1
O‘zbekistonda mahsulotlar va xizmatlarni «Halol» belgisi bilan tamg‘alashga ruxsat beriladi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2025 yil 1 maydan Islom mamlakatlari standartlari va metrologiya instituti standartlari talablari asosida sertifikatlashtirilgan mahsulot va xizmatlarni «Halol» belgisi bilan tamg‘alashga ruxsat beriladi.

Mahsulot va xizmatlarni «Halol» talablariga muvofiq sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi hukumat qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

Mahsulot va xizmatlarni «Halol» talablariga muvofiq sertifikatlashtirish tartibi;
«Halol» talablarga muvofiq sertifikatlashtirilgan mahsulot va xizmatlarni davriy baholash.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning mahsulot va xizmatlarni «Halol» talablariga muvofiq sertifikatlashtirish sohasini tartibga solish to‘g‘risidagi quyidagi takliflariga rozilik berildi:

Mahsulot va xizmatlarni «Halol» talablariga muvofiq sertifikatlashtirish organlarini tashkil etish;
Mahsulot va xizmatlarni «Halol» talablariga muvofiq sertifikatlashtirishda hamda ularga nisbatan talablarni belgilashda Islom mamlakatlari standartlari va metrologiya instituti (SMIIC) tomonidan qabul qilingan va rasmiy xalqaro miqyosda e’tirof etilgan standartlarga ustuvorlik huquqini berish;

2025 yil 1 maydan mazkur qaror hamda Islom mamlakatlari standartlari va metrologiya instituti standartlari talablari asosida sertifikatlashtirilgan mahsulot va xizmatlarni 

«Halol» belgisi bilan tamg‘alashga ruxsat etish.
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan olti oy muddatda «Halol» talablariga muvofiq sertifikatlashtirish organini xalqaro tan olingan tashkilotlarni jalb qilgan holda akkreditatsiyadan o‘tkazishi belgilandi.

Shuningdek, «Halol» belgisi shakli hamda o‘lchamini belgilaydigan standart loyiha ishlab chiqilib, tasdiqlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20303 | Инструменты