Huawei 1
O‘zbekistonda o‘ziga kredit ajratilishini taqiqlash ko‘zda tutilgan qonun qabul qilindi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida kredit sohasidagi munosabatlarni yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqildi.

Ushbu qonun loyihasi bilan “Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida”gi qonunga jismoniy shaxslarning ular bilan kredit bitimlarini tuzishga taqiq belgilash va uni olib tashlashga bo‘lgan huquqlarini, ularni Kredit bitimi tuzish taqiqlangan shaxslar reyestriga kiritishning tartibi va shartlarini, shuningdek kredit axborotidan foydalanuvchilarning belgilangan taqiqni buzgan holda kredit bitimi tuzganligi uchun javobgarlik belgilanilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Majlisda qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida mas’ul qo‘mita tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilgani, jumladan, loyihadagi kredit byurolarga nisbatan Markaziy bank tomonidan qo‘llaniladigan choralar va sanksiyalar hamda Markaziy bankning kredit byurolarini faoliyatini tartibga solishga doir huquqiy normalarga tahririy va aniqlashtiruvchi tuzitishlar kiritilgani qayd etildi.

Xalq vakillarining fikricha, qonun loyihasining qabul qilinishi fuqarolar nomiga ularning xabarisiz kreditlarni rasmiylashtirish va taqdim etilgan pul mablag‘larini o‘zlashtirish hollarining oldini olish hamda kredit byurolari faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirishga xizmat qiladi. 

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11614 | Инструменты