3−4-oktabrda shimolda va cho‘l hududlarda, 4−5-oktabrda respublikaning qolgan hududlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, baland tog‘larda qorga aylanadi
Ertaga, 3-oktabr kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 4−5-oktabr kunlari respublikaning qolgan hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Bu haqda O‘zgidromet matbuot xizmati ogohlantirish bermoqda.
Unga ko'ra, respublika bo‘yicha ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda. 3−4-oktabrda shimolda va cho‘l hududlarda, 4−5-oktabrda respublikaning qolgan hududlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, baland tog‘larda qorga aylanadi.
Havo harorati asta-sekin kunduz kunlari +15…+20 darajagacha, kechalari +5…+10 darajagacha, shimolda kunduz kunlari +12…+17 darajagacha, kechalari +2…+7 daraja iliqqacha pasayadi.
3−4-oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13−18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda ba’zida chang-to‘zonlar bilan 20−22 m/s gacha kuchayishi mumkin.
5−6-oktabrda esa respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi kutilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100314 | Инструменты