Unda fuqarolarning ovoragarchiligiga chek qoʻyish maqsadida kelib tushgan murojaatlarni 15 kunda oʻrganish, taalluqli boʻlmagan murojaatlarni vakolatli organlarga yuborish yoki rad etish haqida ajrim chiqarish tartibi yoʻlga qoʻyilmoqda
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi qonun 2-oktyabr kuni Senatda ko‘rib chiqilib, ma’qullandi.
Konstitutsiyaviy qonun bilan sud faoliyatiga axborot tizimi joriy etilib, murojaatlarni elektron shaklda yuborish, jarayonni onlayn kuzatish, videokonferensaloqa va mobil ilova orqali sudda ishtirok etish hamda ochiq sud majlislarini internet orqali jonli efirga uzatish imkoniyati yaratilmoqda.
Fuqarolar va yuridik shaxslarning ovoragarchiligiga chek qoʻyish va muddatlarni aniq belgilash maqsadida kelib tushgan murojaatlarni 15 kunlik muddatda dastlabki tarzda oʻrganish, taalluqli boʻlmagan murojaatlarni vakolatli organlarga yuborish yoki qabul qilishni rad etish haqida ajrim chiqarish tartibi yoʻlga qoʻyilmoqda.
Konstitutsiyaviy sud qarorlarining ijro mexanizmi kuchaytirilmoqda. Konstitutsiyaga zid deb topilgan normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ ushbu hujjatni 3 oy muddatda Konstitutsiyaga muvofiqlashtirishi shartligi hamda bunday hujjatlar asosida chiqarilgan sud qarorlarini qayta koʻrib chiqish tartibi aniq belgilanmoqda.
Sud kadrlari tarkibini mustahkamlash va xolislikni taʼminlash uchun Sudyalar oliy kengashi bilan birgalikda Konstitutsiyaviy sud sudyaligiga nomzodlar zaxirasini shakllantirish mexanizmi mustahkamlanmoqda.
Senatorlar fikricha, qonun fuqarolar va tadbirkorlarning konstitutsiyaviy huquqlarini ishonchli himoya qilish, sud shaffofligini oshirish va fuqarolarning odil sudlovga erishish imkoniyatini tubdan yaxshilashga xizmat qiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100314 | Инструменты