Saudiya Arabistoni Makkadagi Masjid al-Haramda xudkush-terrorchi bo‘lgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Ammo bir erkak yo‘lovchilarni bezovta qilgani va vahima uyg‘otgani uchun hibsga olingan
Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada noma’lum shaxs Masjid al-Haramda go'yo bomba portlatishga uringani haqidagi xabar va videolar tarqaldi. Bugun, 2-oktabr kuni Saudiya rasmiylari nu xabarlarni rad etib, bir erkak ibodatchilarni bezovta qilgani va vahima uyg‘otgani uchun hibsga olinganini ma’lum qildi.
Rasmiylar AQShning X ijtimoiy tarmog‘idagi bayonotida ma’lum qilishicha, muqaddas shaharda ibodatga kelganlarni bezovta qilgan hamda ular orasida qo‘rquv va vahima tarqatgan shaxs hibsga olingan va unga nisbatan zudlik bilan choralar ko‘rilgan.
"Xavfsizlik organlari hodisa yuzasidan tarqalayotgan da’volarda hech qanday asos yo‘qligini tasdiqlamoqda", — deyiladi bayonotda. Ammo unda gumonlanuvchi haqida qo‘shimcha ma’lumotlar berilmadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan avvalgi xabarlarda aytilishicha, portlovchi moddalar solingan nimcha kiygan va o‘zini portlatishga uringanlikda gumon qilingan shaxs Islom dinining eng muqaddas ziyoratgohi bo‘lgan va Masjidul-Haram markazida joylashgan Ka’ba tomon yaqinlashgan, biroq xavfsizlik xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100214 | Инструменты