Huawei 1
Nogironligi bor bolalar yuridik texnikumlarda bepul o‘qishadi

Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda nogironligi bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Kiritilayotgan qo‘shimchalar bilan nogironligi bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash choralari belgilanmoqda. Masalan, endilikda nogironligi bo‘lgan bolalar uchun umumtaʼlim fanlari bo‘yicha sertifikat berish kabi davlat xizmatini olishda xizmat ko‘rsatish to‘lovining 50% miqdorida chegirma belgilanmoqda.

Bundan tashqari, ular va oilaviy mehribonlik uylari bitiruvchilari yuridik texnikumlarga davlat granti asosida alohida qabul parametrlari doirasida qabul qilinadi.

Hujjat bilan qonun hujjatlariga boshqa o‘zgartirish va qo‘shimchalar ham kiritildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101100 | Инструменты