Huawei 1
O‘zbekistonda piyoz narxi rekord darajada tushib ketdi – buning sabablari nimada?

EastFruit kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonda piyozning ulgurji narxlarining har haftalik monitoringi shuni ko‘rsatdiki, o‘tgan haftada ushbu mahsulotning ulgurji narxi 1500 so‘mgacha tushib ketgan, bu 12 sent AQSH dollariga teng. Ya’ni, hozir O‘zbekistonda 830 kilogrammdan ortiq piyozni 100 dollarga ulgurji xarid qilish mumkin.

Quyidagi grafikda ko‘rib turganimizdek, O‘zbekiston tarixida yilning shu davrida piyozning bunday arzon narxlari bo‘lmagan. Bir yil avval piyoz narxi hozirgidan 4,4 barobar qimmatroq edi. Yilning ushbu davri uchun odatiy narx taxminan ikki baravar yuqori va 24-26 AQSh sentini tashkil qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga