O‘zbekistonda qancha xususiy tibbiyot muassasasi faoliyat yuritmoqda?
O'zbekistonda bundan besh yil avval xususiy tibbiyot muassasalari atigi 50 turdagi xizmat ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan. Prezidentning 2017 yil 1 aprelda qabul qilgan “Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida bu ko‘rsatkich 129 taga yetkazilgan.
Sog'liqni saqlash vazirligining ma'lumotiga ko'ra, avval nodavlat tibbiyot muassasasiga ishga kirish uchun shifokorda malaka toifasi bo‘lishi talab etilardi, buning uchun kamida 5 yil tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanishi lozim bo'lgan. Davlat rahbarining shu yil may oyidagi “Sog‘liqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida bu murakkablikka butkul chek qo‘yildi.
Shuningdek, joriy yil 1 iyuldan nodavlat tibbiyot muassasasi biror yosh mutaxassisning bilim va malakasiga ishonch bildirib, uni ish bilan ta’minlamoqchi bo‘lsa, ulardan malaka toifasi talab qilinmaydi. Mutaxassis ish boshlaganidan so‘ng, vaqti kelganida shu ish joyida ishlab turib ham malaka toifasi olishi mumkin.
Bu kabi imkoniyat va imtiyozlar tufayli keyingi 4 yilda mamlakatimizdagi xususiy shifo maskanlari soni deyarli 2 barobar ko‘payib, 3810 tadan 6 852 taga yetdi. 2215 tasi esa yangi tibbiy ixtisosliklar hisobiga faoliyatini kengaytirdi. Ularda ishlayotgan tibbiyot xodimlari soni esa jami 39 ming nafarga yetdi. Shundan 15 ming 700 nafari shifokor va 23 ming 300 nafari hamshiralardir.
Ayni paytda O'zbekistonda 1425 ta xususiy shifoxona statsionar tarzda ish yuritmoqda. Ulardagi o‘rin-joylar 30 mingdan ortiq bo‘lib, sanatoriylar bilan qo‘shib hisoblaganda 40 mingdan ortiq o‘rin-joylar tashkil etilgan.
Davlat tibbiyot tashkilotlaridagi jami 120 ming o‘rin-joylarga nisbatan xususiy shifoxonalardagi stasionar o‘rin-joylar 25 foizni tashkil etmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21216 | Инструменты
Qabul qacondan bowlanadi va imtihon qay tarzda bòlin otadi