O‘zbekistonda qurolga ruxsatnoma olish tartibiga o‘zgartirish kiritildi

Vazirlar Mahkamasining “Qurol muomalasi sohasida litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston hukumatining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan: 

- yuridik va jismoniy shaxslar uchun fuqaroviy va xizmat qurilini hamda uning o‘q-dorilarini olish, realizatsiya qilish, saqlash, olib yurish, tashish, kolleksiyalash, qo‘rgazmaga qo‘yish, respublika hududiga olib kirish va olib chiqish, respublika hududi orqali tranzit qilishga doir ruxsatnomalar pasportlari; 

- fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqish, taʼmirlash va realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash pasporti tasdiqlanmoqda.

Shuningdek, qaror bilan tungi vaqtda faoliyat yurituvchi umumiy ovqatlanish korxonalari va ko‘ngilochar obyektlar tomonidan videoyozuvlarni majburiy saqlash muddati 30 kundan 15 kunga qisqarmoqda. Bundan tashqari, endilikda tungi vaqt faoliyat yurituvchi obyektlar ro‘yxati mahalliy xokimiyatlarning saytlarida joylashtiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70604 | Инструменты