Huawei 1
O‘zbekistonda salkam 516 ming gektarda hududda chigirtka tarqalgani aniqlandi

O‘zbekistonning hududlarida chigirtkalarga qarshi kimyoviy kurash davom etmoqda, deya xabar bermoqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Matbuot xizmati. 

Qayd etilishicha, 19 iyun holatiga ko‘ra, 875 ming 87  gektarda monitoring olib borilgan. 515 ming 830  gektarda chigirtka tarqalgani aniqlangan. Shuningdek, 507 ming 181 gektarda kimyoviy kurash tadbirlari o‘tkazilgan.

Asosiy tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida davom etmoqda.

"Yuqorida qayd etilga hududlarda saksovul bukri chigirtkasiga qarshi kimyoviy ishlovlar olib borilmoqda.Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida asosiy o‘choqlar bartaraf etildi", - deyiladi xabarda.

Taʼkidlanishicha, chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati 24/7 rejimida faoliyat olib bormoqda. Erta tongda va kechki vaqtda kimyoviy kurashlar olib borilib, kunduzi monitoring o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Murojaatlar 1288 yoki 712021000 telefon raqamlari orqali kun-u tun qabul qilinmoqda. Kimyoviy ishlovlar olib borilishi va preparatlar bepul.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62105 | Инструменты