O‘zbekistonda SSV tasarrufidagi stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi

Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi stomatologiya poliklinikalari to‘liq xususiylashtiriladi. Bu haqda “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi prezident farmonida belgilandi.

Hujjatga ko‘ra, davlat tashkilotlari ishtirokidagi korxonalarning aksiya paketlari (ulushlari) savdoga chiqarilishi qayd etilgan bo‘lib, ular orasida Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi stomatologiya poliklinikalari ham bor.

Andijon viloyatida:

  • Andijon viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi.

Buxoro viloyatida:

  • Buxoro viloyati ixtisoslashtirilgan bolalar stomatologiya markazi;
  • Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasi.

Jizzax viloyatida:

  • Jizzax viloyat stomatologiya tabobatxonasi
  • Jizzax viloyat ixtisoslashtirilgan bolalar stomatologiya poliklinikasi

Qashqadaryo viloyatida:

  • Qashqadaryo viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi

Namangan viloyatida:

  • Namangan viloyat ixtisoslashgan bolalar stomatologiya poliklinikasi

Samarqand viloyatida:

  • Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasi;
  • Samarqand shahar stomatologiya poliklinikasi;
  • Samarqand viloyat ixtisoslashtirilgan bolalar stomatologiya poliklinikasi;
  • Paxtachi tuman stomatologiya poliklinikasi.

Toshkent viloyatida:

  • Angren shahar bolalar stomatologiya poliklinikasi;
  • Yangiyo‘l tuman stomatologiya poliklinikasi;
  • Bolalar stomatologiya poliklinikasi.

Farg‘ona viloyatida:

  • Farg‘ona viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi;
  • Farg‘ona viloyat stomatologiya shifoxonasi;
  • Qo‘qon shahar bolalar stomatologiya poliklinikasi;
  • Marg‘ilon shahar bolalar stomatologiya poliklinikasi.

Xorazm viloyatida:

  • Xorazm viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi.

Toshkent shahrida:

  • 1-son bolalar stomatologiya poliklinikasi;
  • 2-son bolalar stomatologiya poliklinikasi;
  • 4-son bolalar stomatologiya poliklinikasi;
  • 5-son bolalar stomatologiya poliklinikasi;
  • 7-son bolalar stomatologiya poliklinikasi;
  • Uchtepa bolalar stomatologiya poliklinikasi
  • Ichki ishlar vazirligi stomatologiya poliklinikasi;
  • Xalq tabobati plyus.

Ushbu poliklinikalarning sotiladigan aksiya paketlari (ulushlari) 100 foizni tashkil etadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22017 | Инструменты