Huawei 1
O‘zbekistonda tug‘ilish 3,7 foizga kamaygan

Statistika agentligining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda 2024-yilda 926,4 ming bola tug‘ildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 3,7 foizga kam bo‘lib, tug‘ilishlar soni 2017-yildan beri ilk bor pasaydi.

Tug‘ilishning eng katta ulushi Samarqand viloyatida (12 foiz) kuzatildi. Farg‘ona viloyatida – 11,1 foiz, Qashqadaryo viloyatida – 10,9 foiz, Andijon viloyatida – 9,3 foiz va Surxondaryo viloyatida – 9,1 foiz.

Tug‘ilish darajasi Sirdaryo (2,4 foiz), Navoiy (2,8 foiz), Jizzax viloyatlari (4,2 foiz), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (4,5 foiz) va Buxoro viloyatida (5 foiz) nisbatan past.

2024-yilda vafot etganlarning umumiy soni 174,4 ming kishini tashkil etdi. Bu 2023-yilga nisbatan 0,9 foizga ko‘p. O‘limlar soni ketma-ket ikkinchi yil ko‘paydi, lekin 2020 va 2022-yillardan pastroq.

O‘limning asosiy sabablari: 57,6 foiz – qon aylanish tizimi kasalliklari, 9,4 foiz – o‘simtalar, 6,3 foiz – nafas olish tizimi kasalliklari, 5,8 foiz – baxtsiz hodisalar, zaharlanish va shikastlanishlar, 4,1 foiz – ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari, 1,1 foiz– yuqumli va parazitar kasalliklar, 15,7 foiz – boshqa kasalliklar.

O‘lim holatlarining eng katta ulushi Samarqand viloyatida (10,8 foiz) yuz berdi, Farg‘ona viloyatida – 10,3 foiz, Andijon viloyatida – 10,2 foiz, Toshkent shahrida – 9,6 foiz, Toshkent viloyatida – 9,4 foiz.

Sirdaryo (2,6 foiz), Navoiy (2,8 foiz), Jizzax (3,5 foiz), Xorazm (5,2 foiz) va Buxoro (5,5 foiz) viloyatlarida o‘lim ulushi nisbatan kam.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 13022 | Инструменты