O‘zbekistonda umra ziyoratini tashkil etish uchun litsenziya joriy qilinmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, umra ziyoratini huquqiy jihatdan tartibga solish, ziyoratchilarning haq-huquqlarini ta’minlash maqsadida bunday tadbirni tashkil etish va o‘tkazish uchun litsenziya joriy qilinmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi. Deputatlar mazkur qonun loyihasining zarurligini e’tiborga olib, uni takomillashtirish bo‘yicha partiya pozitsiyasidan kelib chiqqan holda o‘z fikr-mulohazalarini, takliflarini bildirdi.
Qonun tashabbuskorlari berilgan takliflar asosli ekanligini aytib, ular loyihani pishiq-puxta holatga keltirishda inobatga olinishini ma’lum qildi. Qizg‘in muhokamalar, savol-javoblardan so‘ng qonun loyihasi qo‘llab-quvvatlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110718 | Инструменты