Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlis Senati a’zolari ro‘yxatga olinganini e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, prezidentning 14-noyabrdagi farmoniga asosan tayinlangan Oliy Majlis Senati a’zolari ro‘yxatga olindi. Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan quyidagi 9 kishi senator etib tayinlangandi:
Shuningdek, 7—12-noyabr kunlari Oliy Majlis Senati a’zolarini saylash bo‘yicha o‘tkazilgan mahalliy Kengashlarning qo‘shma majlislari bayonnomalari muhokama qilinib, ular asosida Oliy Majlis Senati a’zolarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilindi.
Unga ko‘ra, hududlardan jami 51 nafar senator saylandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari ham senator bo‘ldi.
Yangidan shakllangan Senatning sifat tarkibi quyidagicha
Senatorlarning 25 foizi – iqtisodchilar, 13,3 foizi – huquqshunoslar, 26,6 foizi – pedagoglar, 13,3 foizi – muhandislar, 5 foizi – tibbiyot sohasi vakillari, 16,8 foizini esa – madaniyat sohasi vakillari, tadbirkor va fermerlar tashkil etadi.
Hududlardan saylangan senatorlar to‘liq ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111715 | Инструменты