Vladimir Zelenskiy Ukraina urushni 2025-yilda tugatish uchun hamma narsani qilishi kerakligini ta’kidladi. Uning fikricha, bu jarayon diplomatik yo‘l bilan tugashi kerak. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina radiosiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“O‘z tarafimizdan kelasi yil urush diplomatik yo‘llar bilan tugashini taʼminlash uchun hamma narsani qilishimiz kerak”, dedi u. Zelenskiy buni amalga oshirish uchun hali ko‘p ishlash zarurligini taʼkidladi.
Avvalroq Zelenskiy Public nashriga bergan intervyusida “Urush tugaydi, ammo sanasi hozircha noma’lum” degandi.
“Urush tugaydi, ammo sanasi hozircha noma’lum. Endilikda Oq uyni boshqaradigan yangi jamoaning siyosati bilan urush tezroq tugaydi, bu ularning Amerika jamiyatiga bergan va’dasi. Ular uchun va’dani bajarish juda muhim”, dedi Zelenskiy.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111716 | Инструменты