Huawei 1
Piskentda ko‘cha itlari otib tashlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Piskent tumanida nomaʼlum shaxslar ov miltig‘ida itlarni otayotgani aks etgan video xabar tarqalib, jamoatchilik muhokamalariga sabab bo‘lmoqda. Holatga IIBB rasmiy munosabat bildirdi.

Maʼlum bo‘lishicha, voqea Piskent tumanidagi dala hovlilar joylashgan hududda sodir bo‘lgan. Mazkur holat Toshkent viloyati IIBB nazoratiga olingan, voqeada ishtirok etgan fuqarolarda bo‘lgan ov qurollari tegishli tartibda olib qo‘yilgan. 

Hozirda holat yuzasidan hududiy IIB tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirib, sudga yuborish chorasi ko‘rilmoqda. Natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot berilishi aytilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111717 | Инструменты