Huawei 1
Gruziyada MSK rahbarining yuziga bo‘yoq sepildi

MSK raisi Giorgiy Kalandarishvili hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi parlament saylovida 53,93 foiz ovoz olganini maʼlum qildi. Shundan so‘ng “Birlashgan milliy harakat” vakili Davit Kirtadze uning yuziga qora bo‘yoq sepdi", deb yozadi Publika.

“Sizlar gruzin xalqini eshitmaysiz, norozilik bildirayotgan talabalarni eshitmaysiz. Sizlar Gruziyaning kelajagini, bizning kelajagimizni tortib oldingiz va bizning mamlakatimizni Rossiya tomon itarib yuboryapsiz. Seni rais deb ham aytolmayman, sen qora dog‘san”, — dedi Kirtadze Markaziy saylov komissiyasi raisiga murojaat qilib.

Ayni paytda Gruziya muxolifati tomonidan “soxtalashtirilgan”, deb atalgan parlament saylovi natijalariga qarshi Markaziy saylov komissiyasi binosi oldida norozilik namoyishi bo‘lib o‘tmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111717 | Инструменты