Huawei 1
O‘zbekistonda yengil avtomobillarni sotuvchi rasmiy dilerlar ro‘yxati e’lon qilindi

O‘zbekistonda yengil avtomobillarni sotuvchi rasmiy dilerlar ro‘yxati e’lon qilindi. 

Unga ko‘ra, Texnik jihatdan tartibga solish agentligining rasmiy saytida mamlakatda muvofiqligi tasdiqlangan, rasmiy dilerlar tomonidan muomalaga chiqarilayotgan yoki sotilayotgan transport vositalarining ro‘yxati keltirilgan.

“Bu fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida tuzib chiqilib, birinchi marta sayt orqali e’lon qilindi”, deyiladi xabarda.

Xususan, ochiq ma’lumotlar yordamida 19 ta M1 toifasidagi avtotransport vositalarining ishlab chiqaruvchilari va ularning rasmiy dilerlari haqida ma’lumot olish mumkin.

Shuningdek, saytda avtomobil modeli, ishlab chiqaruvchi yoki diler joylashgan manzil hamda aloqa ma’lumotlari keltirilgan.

Batafsil ro‘yxat bilan havola orqali tanishish mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 81920 | Инструменты