Agar Vashington Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini bersa, AQShdan 100 milliard dollarlik qurol sotib oladi va kelishuv Yevropa davlatlari tomonidan moliyalashtiriladi. Zelenskiy bu taklifni Trampga berdi, deb yozadi Financial Times.
Agar Qo'shma Shtatlar Rossiya bilan o't ochishni to'xtatishga rozi bo'lganidan so'ng Kiyevga xavfsizlik kafolatlarini taqdim qilsa, Ukraina Yevropa tomonidan taqdim etilgan pullar hisobidan Amerika qurollarini 100 milliard dollarga sotib olish majburiyatini oladi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 18-avgust, dushanba kuni Vashingtonda o‘zi va Yevropa yetakchilari bilan uchrashuvda AQSh prezidenti Donald Trampga shunday taklif bilan chiqdi, deb yozadi Financial Times nashri ko‘rib chiqishga muvaffaq bo‘lgan hujjatga tayanib.
Bundan tashqari, bu taklif Ukraina va AQSh o‘rtasida Ukraina kompaniyalari bilan dronlarni ishlab chiqarish bo‘yicha 50 milliard dollarlik kelishuvni nazarda tutadi, deb yozadi nashr. Biroq hujjatda dron kelishuvining qaysi qismi xaridlar va qaysi qismi sarmoyadan iborat bo‘lishi aniqlanmagan.
FT ko'rib chiqqan hujjatda Ukraina taklif qilinayotgan kelishuv doirasida AQShdan qanday qurollar buyurtma qilishni rejalashtirayotganiga aniqlik kiritilmagan. Biroq rasmiy Kiyev kamida 10 ta Patriot havo hujumidan mudofaa tizimini, shuningdek, boshqa raketa va jihozlarni sotib olish niyatida ekanini ochiq aytdi, deyiladi maqolada.
Alpha version: 0.9.1.19 build 81920 | Инструменты