Huawei 2
O‘zbekistonga 5 oyda 2,8 mlndan ortiq chet el fuqarolari turistik maqsadda kelgan

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-may oylarida 2,8 milliondan ortiq chet el fuqarolari turistik maqsadda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 248,2 ming nafarga yoki 9,6 % ga oshgan.

2024-yilning 5 oyida O‘zbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:

  • Tojikiston – 871,5 ming nafar;
  • Qirg‘iz Respublikasi – 857 ming nafar;
  • Qozog‘iston – 498,2 ming nafar;
  • Rossiya – 289,6 ming nafar;
  • Turkmaniston – 53,8 ming nafar;
  • Turkiya – 42,1 ming nafar;
  • Hindiston – 23,2 ming nafar;
  • Xitoy – 22,8 ming nafar;
  • Italiya – 15,3 ming nafar;
  • Janubiy Koreya – 15,1 ming nafar;
  • Boshqa davlatlar – 148,7 ming nafar.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62802 | Инструменты