“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida 1946 nafar yosh muhandis bir vaqtning o‘zida 1946 ta kichik robotni yig‘di. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram-kanalida xabar qilinmoqda.
“Ushbu yutuq O‘zbekiston nomini yana bir bor Ginnes rekordlar kitobi sahifalariga yozdirishga sabab bo‘ldi. Bu jarayon nafaqat yoshlarning ilmiy-texnik salohiyatini namoyish etdi, balki ularning izlanuvchanligi, jamoaviy hamjihatligi va yangilik yaratishga bo‘lgan intilishini ham yorqin ko‘rsatdi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot berilishicha, 2023 yilda Hindistonda 1 459 nafar o‘quvchi bir vaqtda mini‑robot yasagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 81921 | Инструменты