Huawei 1
O‘zbekistonliklar Litvada 3000ga yaqin bo‘sh ish o‘rniga ishga taklif etilmoqda

O‘zbekistonliklar Litvada 3000ga yaqin bo‘sh ish o‘rniga ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ish turi: payvandchi, omborxonada yuk ortuvchi, tikuvchi, yuk avtomobili haydovchisi, omborxona ishchisi, quruvchi

Nomzodlar uchun talablar:

21-55 yosh;
rus tilida erkin muloqot qilish;
payvandchilik sertifikati;
ishlab chiqarish chizmalarini tushunish va ishlash;
"CE" haydovchilik guvohnomasi, Chip karta, kod 95;
qurilish ob'ektlarida ishlash;
logistik omborxonada buyurtma qabul qilish;
yuk ortish (avtokara) tajribasi;
ayollar kiyimini tikish;
tikuvchilik sohasida 1 yillik tajriba;
sudlanmagan;
xorijga chiqish taqiqlanmagan;
jismonan va ruhan sog'lom.

Ish haqi: 700 € dan 1600 € gacha.

Ish beruvchi hisobidan: yotoqxona va transport

Fuqaro hisobidan: Agentlik xizmati, o'qitish va ko'niktirish uchun BHMning 10 baravari, viza to'lovi.

Ro‘yxatdan o‘tish (payvandchilik, nomzodlar 100 nafarga yetsa ro‘yxatdan o'tish to'xtatiladi)

Ro‘yxatdan o‘tish (omborxona ishchisi va yuk ortish (avtokara), nomzodlar 600 nafarga yetsa ro‘yxatdan o'tish to'xtatiladi)

Ro‘yxatdan o‘tish (tikuvchilik, nomzodlar 100 nafarga yetsa ro‘yxatdan o'tish to'xtatiladi)

Ro‘yxatdan o‘tish (yuk avtomobili haydovchisi, nomzodlar 5000 nafarga yetsa ro‘yxatdan o'tish to'xtatiladi)

Ro‘yxatdan o‘tish (quruvchi, nomzodlar 600 nafarga yetsa ro‘yxatdan o'tish to'xtatiladi).

Murojaat uchun: 71-202-33-55 yoki 1282 qisqa raqami

Izohlar: 2
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122705 | Инструменты