2025-yil 1-yanvar kunidan boshlab Germaniyaga onlayn viza olish imkoniyati yaratildi.
Konsullik xizmatlari portali butun dunyo bo‘ylab ishga tushirildi. Endi dunyoning istalgan nuqtasidan Germaniyaga vizaga onlayn ariza topshirish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Germaniyaning dunyo bo‘ylab 167 ta viza bo‘limi raqamli tizimga o‘tadi. Ushbu davlatlar qatorida O‘zbekiston ham bor. Xizmat 28 turdagi vizalarga amal qiladi.
Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok quyidagicha izoh berdi:
“Har yili Germaniyaga kamida 400 ming malakali ishchi kerak bo‘ladi. Bu odamlar o‘z sohasida aqlli va mehnatkash kadrlar bo‘lib, ular hunarmandchilik, sog‘liqni saqlash va texnologiya sohalarida mamlakatni rivojlantirishga yordam beradi. Germaniya ishchilar va talabalarni jalb qilish uchun global raqobatda qatnashmoqda.
Shu muammoni hal qilish uchun mamlakat zamonaviy va raqamli bo‘lgan Konsullik xizmatlari portalini ishga tushirdi. Ushbu portal orqali dunyo bo‘ylab 167 ta viza bo‘limida onlayn tarzda milliy viza arizalari topshirish mumkin bo‘ladi. Bu jarayon uzoq qog‘ozbozlikni bartaraf etib, Germaniyani ishchi kuchi va talabalar uchun yanada jozibador qiladi”, dedi Annalena Berbok.
Endilikda o‘zbekistonliklar ham Germaniyada ishlash yoki o‘qishni istasa, Konsullik xizmatlari portali yordamida vizaga onlayn tarzda murojaat qilishi mumkin bo‘ladi va ariza topshirishda pochta orqali hujjat yuborishga hojat qolmaydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12116 | Инструменты