Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanida har yili an’anaviy tarzda o’tkazib kelinayotgan "Sky Camp" yugurish musobaqasi o’tkazildi. 2 kun davom etadigan xalqaro nufuzli sport tadbirida 2 mingga yaqin ishtirokchilar, shuningdek yurtimizda faoliyat olib borayot ko’plab yirik kompaniyalar qatnashmoqda. Ular orasida O’zbekistonda sifatli aloqa va tezkor internet xizmatlarini ko’rsatib kelayotgan Uztelekom turnir ishtirokchilariga ko’plab qulayliklarni taqdim etdi. Xususan, kompaniya musobqa o’tayotgan hudduda 5G yuqori tezlikdagi internet va WiFI xizmatlarini taqdim etdi. Qayd etish kerak turnirda ishtirok etgan har bir sportchiga Uztelekom tomonidan maxsus sim kartalar taqdim etilgan.
Guvohi bo’lganingizdek har bir ishtirokchi yuqori kayfiyatda bahslarga kirishdi. Avvaliga bolajonlar o’rtasida “Kids Run” qisqa masofaga yugurish bahslari o’tkazildi. Tashkilotchilar kichik yoshdagi sportchilarga motivatsiya bo’lishi uchun sovrindor o’rinlardan qat’iy nazar barchaga medallarni taqdim etdi. Shundan so’ng kattalar o’rtasida Trail yugurish musobaqalari boshlanib ketdi. Ishtirokchilar 5, 10 va 20 km masofaga o’z mahoratlarini ko’rsatishdi.
Musobaqa doirasida ishtirokchilar Uztelekomdan iphone 16 pro yutib olish imkoniyati bor. Buning uchun kompaniya tomonidan taqdim etilgan sim kartani faollashtirish hamda uning ajralgan qismini Uztelekom lototroniga tashlash kerak xolos.
Qayd etish kerak, Uztelekom AK uchun mazkur "Sky Camp" Bo‘stonliq musobaqasini qo’llab quvvatlash oddiy hamkorlikdan ko’ra ko’proq ma’no kasb etadi. Kompaniya yurtimizda faol turmush tarzi hamda ommaviy sportni rivojlanishida o’z hissasini qo’shib kelmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22016 | Инструменты