“Oʻzgidromet” qor koʻchish xavfini eʼlon qildi

Joriy yilning 19-21-yanvar kunlari kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining keskin oʻzgarishi sababli respublikaning togʻli hududlarida qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi. Bu haqda “Oʻzgidromet” rahbari Sherzodxoʻja Habibullaxoʻjayev oʻzining Facebook sahifasida maʼlum qildi.

Ushbu sanalarda kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining keskin oʻzgarishi sababli respublikaning togʻli hududlarida, jumladan:

— Toshkent viloyati: Boʻstonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasining togʻlari);

— Namangan viloyati Pop tumanida qor koʻchish xavfi eʼlon qilinadi.

Togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlari soʻraldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61913 | Инструменты