Huawei 1
Obid Xakimov: Maqsadimiz 2030-yilga borib kambag‘allik darajasini 5 foizgacha kamaytirishdir

"Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, 2019-yil oxirida O‘zbekistonning aholi jon boshiga yalpi ichki mahsuloti 1800 dollarni, aholi soni esa 34 mln kishini tashkil etgan. 2020 yil oxiriga kelib, 6 mlnga yaqin odam kambag‘allik chegarasidan tashqarida yashagan. Kambag‘allik muammosini kun tartibidagi asosiy muammolardan biri sifatida hal qilish kompleks va samarali strategiyalarni ishlab chiqish zaruratini taqozo qildi", - degan Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Xakimov. Bu haqda markaz direktori "Barqaror rivojlanish yo‘lida ijtimoiy himoya va kambag‘allikni kamaytirishning roli" mavzusidagi xalqaro davra suhbatidagi maʼruzasida aytib o‘tdi.

"2020-yil boshidan buyon kambag‘allik darajasi sezilarli darajada – 23 foizdan 11 foizga pasaydi. Maqsadimiz ana shu ijobiy tendensiyani davom ettirish va 2030-yilga borib kambag‘allik darajasini 5 foizgacha kamaytirishdir.

Fuqarolarimizning turmush sharoitini yaxshilash muhim ahamiyatga ega bo‘lib, tashabbuslarimiz samaradorligini aks ettiradi" - dedi Markaz direktori.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102113 | Инструменты