Huawei 1
Ohangaronda jami 88 ta kuchli ta'sir qiluvchi dorilarni olib ketayotgan haydovchi IIBga topshirildi

Ohangaron shahrida YPX inspektori tomonidan to‘xtatilgan mashinada kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.

Ma’lum bo’lishicha, shu yilning 10-avgust kuni tungi soat 02:00 larda YPX inspektori Oxangaron hududida 1986-yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi “Nexia-2” ni tekshirish uchun to‘xtatgan.

Ushbu avtomobil ko‘zdan kechirilganda, unda 4 dona “Tropikamid” va 84 dona “Regapen” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.

Shundan so‘ng, hujjatlar rasmiylashtirilib, ashyoviy dalillar bilan Ohangaron shahar IIBga topshirildi.

Kuni kecha, Qibrayda "Damas" haydovchisi marixuanna olib ketayotganda ushlangani haqida xabar bergandik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61610 | Инструменты