Toshkent viloyatida "Damas" haydovchisining yonidan salkam 27 gr "marixuana" topildi
Toshkent viloyati Qibray tumanida xizmat olib borgan YPX xodimlari tomonidan "Damas" rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshirilgan.
Tekshiruv davomida uning yonidan 26,13 gr "marixuana" (ekspertiza xulosasi) giyohvandlik moddasi topilgan.
Holat yuzasidan fuqaro S.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin DXX 6 ta viloyatda qariyb 20 kg narkotik moddalar aylanmasiga chek qo‘ygani, Surxondaryodagi masjid oldida narkotik moddalar sotayotgan shaxslar qo'lga olingani, Samarqand ko'chalarida narkotik sotiladigan saytni "reklama" qilib yurgan shaxs ushlangani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82410 | Инструменты