Hukumatning 2023-yil 2-fevraldagi 48-son qaroriga acosan Olim Murodullayevich Omonov “Chorvoq” turistik rekreatsion zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi direktori etib tayinlandi.
U bunga qadar Vazirlar Mahkamasi Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyatida mas’ul lavozimda ishlagan.
Olim Omonov 1996-2001 yy. Toshkent elektrotexnika aloqa institutining talabasi, 2004-2006-yy. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti magistranti bo'lgan.
2005-2011-yy. “Oʼzbektelekom” АK “UzNet” filiali Iqtisodiyot va rejalashtirish boʼlimi boshligʼi lavozimida ishlagan.
2011-yildan 2018-yilgacha Vazirlar Mahkamasi Аxborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentida turli lavozimlarda ishlagan.
2018-2021-yillarda Oʼzbekiston Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi Аxborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʼarmasi direktori bo'lgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61405 | Инструменты