Olimpiada chempioni, boksimiz Muhammadqodir Abdullayev oilasida judolik sodir bo‘ldi.
Muhammadqodirning padari buzrukvori Mamatqul ota vafot etdi.
Xabar.uz Muhammadqodir Abdullayev va uning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
Eslatib o‘tamiz, Muhammadqodir Abdullayev 1973-yilning 15-noyabrida Andijon viloyatida tug‘ilgan.
U 1995-yili Toshkentda o‘tkazilgan Markaziy Osiyo o‘yinlarida g‘olib chiqdi, Osiyo chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi, 1996-yili esa Atlantada o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma oldi.
Sidney Olimpiadasida Muhammadqodir biri-biridan qiyin janglarda raqiblari ustidan g‘alaba qozondi va yozgi Olimpiya o‘yinlarining birinchi chempioniga aylandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61205 | Инструменты