“Oliy ma'lumotli kadrlarga davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Hukumat qarori (49-son, 29.01.2025 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, oliy ma'lumotli kadrlarga bo'lgan davlat buyurtmasi Maxsus elektron platforma (Platforma) orqali shakllantiriladi.
2025/2026-o'quv yilidan:
— oliy ma'lumotli kadrlarga davlat buyurtmasi Platformada jamlangan ma'lumotlar va mehnat bozori talabini tahlil qilish asosida aniqlanadi;
— kadrlarga bo'lgan ehtiyoj 4 yillik davrga ishlab chiqilib, har yili mehnat bozorining o'zgarish tendensiyalari, hududlarda ijtimoiy soha muassasalari va iqtisodiyot tarmoqlarini kadrlar bilan ta'minlashni inobatga olgan holda, Platformaga tegishli tuzatishlar kiritib boriladi.
Platformaga quyidagi ma'lumotlar kiritib boriladi, jumladan:
Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:
2025-yildan 4 yillik davr uchun davlat buyurtmasi parametrlarini oliy ma'lumotli kadrlarga bo'lgan talab prognoziga muvofiq ravishda tasdiqlash uchun ta'lim tashkilotlariga qabul qilish bo'yicha davlat komissiyasiga har yili 1 mayga qadar kiritish ta'minlanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13115 | Инструменты