Huawei 1
O'zbekiston va Ozarbayjon ID-kartalarni o'zaro tan olish masalasini muhokama qilmoqda

O'zbekiston elchixonasi ko'magida O'zbekiston va Ozarbayjonning tegishli vazirlik va idoralari vakillari o'rtasida ikki davlat fuqarolarining ID-kartalarini chegaradan o'tish uchun rasmiy hujjat sifatida tan olish imkoniyati muhokamasiga bag'ishlangan onlayn uchrashuv tashkil etildi

Ta'kidlanganidek, ushbu sa'y-harakat sayohatlarni yengillashtirish va ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi. 

Tomonlar fuqarolar harakatini soddalashtirish, ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash va migratsiya siyosati sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan ushbu qadam muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etdilar.

ID-kartalardan foydalanish O'zbekiston va Ozarbayjon fuqarolariga chet el pasportini olmasdan turib chegarani kesib o'tish imkonini beradi, bu esa sayohat qilish qulayligini oshiradi va mamlakatlar o'rtasidagi integratsiyani mustahkamlaydi.

Shuningdek, mazkur qarorning qabul qilinishi O'zbekiston va Ozarbayjon o'rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy va sayyohlik aloqalarini rivojlantirishga ijobiy ta'sir ko'rsatishi kutilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 13117 | Инструменты