Portal orqali sohaga doir masalalar boʻyicha taklif, tashabbus yoki tavsiyalarni yuborish mumkin
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi muloqot portalini ishga tushirdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Portal orqali oliy ta’lim sifatini oshirish, ilm-fan va innovatsion ekotizimni rivojlantirish kabi masalalar bo‘yicha taklif va tashabbuslarni jo‘natish mumkin.
Bildirilgan taklif vazirlik mutaxassislari tomonidan o‘rganiladi, ular asosida muammolar hal etilib, yangi tashabbuslar joriy etiladi, deyiladi vazirlik xabarida.
Platformada taklif va tashabbuslar bilan birga kutilayotgan natijalari ham keltirilishi kerak.

Shuningdek, taklif jo‘natuvchi o‘zi haqidagi ma’lumotlarni hamda qo‘shimcha materiallar mavjud bo‘lsa ularni ham ilova qilishi mumkin.
Undan uch tilda, o‘zbek, rus va ingliz tilida foydalanish mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61311 | Инструменты